Samarqandda O‘zbekiston Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Geologiya bosh boshqarmasining geologik tadqiqotlar bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhi yig‘ildi. Qo‘mita bu haqda 2019-yil 4-dekabrda xabar berdi.

Kun tartibida Adrasmon–Chust issiqlik anomaliyasini geofizik o‘rganish ham bor edi. Maqsad — anomaliya konturlarini aniqlashtirish, uning kelib chiqishini oydinlashtirish va undan geotermal energiya olish imkoniyatlarini baholash.