2026-yil 15-sentabrda o‘zbek gidrogeologlari va Fransiya geologiya xizmati (BRGM) mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. «O‘zbekgidrogeologiya» davlat muassasasi bu haqda 24-sentabrda xabar berdi.
Unda Farg‘ona vodiysi shaharlarida geotermal suv manbalarini issiqlik olish uchun ishlatish masalasi ko‘rib chiqildi.
Nega bu muhim
Bundan oldin, 10-sentabrda BRGM vakillari Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi institutida muzokaralar o‘tkazgan edi. BRGM geologlari «O‘zbekgeofizika» AJning Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi bilan ham uchrashgan, bu haqda 17-sentabrda xabar berilgan. Barcha uchrashuvlar vodiyning geotermal salohiyatiga bag‘ishlangan.

