Xalqaro energetika agentligi (IEA) 2022-yil 31-martda e’lon qilgan «Solar Energy Policy in Uzbekistan: A Roadmap» hisobotida O‘zbekistondagi qayta tiklanuvchi energiya salohiyati jadvaliga geotermal energiya ham kiritilgan.
Jadvalda geotermal energiyaning yalpi salohiyati 2 805 × 10³ petajoul (PJ), texnik salohiyati esa 13 PJ deb baholangan. Bu raqamlar IEAning 2020-yilgi O‘zbekiston energetika profilidan olingan: profildagi 67 000 mln tonna va 0,3 mln tonna neft ekvivalenti shunchaki petajoulda ifodalangan.
Hisobotning qayta tiklanuvchi energetika holatiga bag‘ishlangan bobida geotermal energiya haqida shu satrdan boshqa hech narsa aytilmagan.