Xalqaro energetika agentligining (IEA) 2022-yil 31-martda e’lon qilingan «Solar Energy Policy in Uzbekistan: A Roadmap» hisobotida O‘zbekistondagi qayta tiklanuvchi energiya salohiyati jadvaliga geotermal energiya ham kiritilgan.
Jadvalda geotermal energiyaning yalpi salohiyati 2 805 × 10³ petajoul (PJ), texnik salohiyati esa 13 PJ deb berilgan. Bu raqamlar IEAning 2020-yilgi O‘zbekiston energetika profilidan olingan: bu o‘sha 67 000 mln tonna va 0,3 mln tonna neft ekvivalenti, faqat petajoullarda ifodalangan.
Hisobotning qayta tiklanuvchi energetika holatiga bag‘ishlangan bobida geotermal energiya haqida shu satrdan boshqa hech narsa aytilmagan.