2026-yil 1-iyulda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Koreya–O‘zbekiston energetika hamkorligi va tarmoqlararo aloqalar forumida «O‘zbekgidrogeologiya» davlat muassasasi va Koreya iqlim o‘zgarishi instituti (KICC) hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda «O‘zbekgidrogeologiya» o‘sha kuni xabar berdi.
Memorandumning asosiy maqsadi — qo‘shma dastur va loyihalar ishlab chiqish uchun platforma yaratish. Ular gidrogeologik va injenerlik-geologik tadqiqotlarni; chuchuk, minerallashgan, termal va sanoat yer osti suvlari konlarini qidirish, baholash va razvedka qilishni hamda O‘zbekistonda zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qamrab oladi. Tomonlar sun’iy intellektga asoslangan aqlli energetika tizimlari sohasida ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.

