2026-yil 1-iyulda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Koreya–O‘zbekiston energetika hamkorligi va tarmoqlararo aloqalar forumi doirasida «O‘zbekgidrogeologiya» davlat muassasasi va Koreya iqlim o‘zgarishi instituti (KICC) hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda «O‘zbekgidrogeologiya» o‘sha kuni xabar berdi.
Memorandumning asosiy maqsadi — gidrogeologik va injenerlik-geologik tadqiqotlar; chuchuk, minerallashgan, termal va sanoat yer osti suvlari konlarini qidirish, baholash va razvedka qilish; O‘zbekistonda zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish uchun platforma yaratish. Tomonlar, shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan aqlli energetika tizimlari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.

