«O‘zbekgidrogeologiya» tarkibidagi Sharqiy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi sanatoriya-kurort muassasalarining balneologik ehtiyojlari uchun So‘x konining neogen davri mineral yer osti suvlari ekspluatatsion zaxiralarini baholamoqda.

2023-yil 10-oktabrga qadar barcha dala ishlari yakunlandi. «RIT va TRIATM» davlat muassasasi mutaxassisi Sh. Xolmirzayev burg‘ulash natijasida olingan termal mineral yer osti suvidan tibbiy xulosa berish uchun kimyoviy tahlilga namunalar oldi.