2026-yil 22-oktabrda Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti (GIDROINGEO) mutaxassislari Shveysariyaning Hydrosolutions kompaniyasi vakillari bilan geotermal energiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
Shveysariya tomoni geotermal energiya sohasidagi tajribasi, amalga oshirgan loyihalari va yondashuvlari bilan tanishtirdi. Tomonlar birgalikda amalga oshirishni rejalashtirayotgan loyihada har birining vazifalari, hamkorlik yo‘nalishlari va ishlarning keyingi bosqichlari haqida fikr almashdi.
Sentabr oyida Hydrosolutions Syurixda «O‘zbekgidrogeologiya» bilan Toshkent viloyati atrofidagi sayoz qatlamlar energiyasidan foydalanish loyihasining konsepsiyasini muhokama qilgan edi. O‘shanda tomonlar konsepsiya asosida grant loyihasini tayyorlab, uni moliyalashtirish uchun Shveysariya taraqqiyot agentligiga taqdim etishga kelishgan.

