2024-yil 30-oktabrda Energetika vazirligida Xitoyning Sinoma EC Investment kompaniyasi prezidenti Liu Sin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Vazirlik bu haqda o‘sha kuni xabar berdi.
Tomonlar mamlakat hududlarida geotermal energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi. 1987-yilda tashkil etilgan Sinoma EC Investment Xitoy milliy qurilish materiallari guruhi (China National Building Material Group, CNBM) tarkibiga kiradi.

