«O‘zLiDeP PRESS klubi» sessiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish muhokama qilindi. Bu haqda 2023-yil 18-fevralda Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti (GIDROINGEO) xabar berdi. Sessiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik vakillari hamda institutning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.

Institut mutaxassislari tadqiqotlarini taqdim etib, geotermal yer osti suvlaridan samarali foydalanish haqida tavsiyalar berdi.

Ikki kundan so‘ng Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bu tavsiyalarni institutning «Gidromineral resurslar» laboratoriyasi mudiri B. Ismailov berganini ma’lum qildi.