Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) O‘zbekistonda «Feasibility Assessment for Networked Ground Source Heat Pump Systems for Heating & Cooling» (isitish va sovutish uchun tarmoqli grunt issiqlik nasoslari tizimlarining texnik-iqtisodiy bahosi) topshirig‘iga qiziqish bildirish taklifini e’lon qildi. 0002014608-son xaridni Jahon banki guruhi moliyalashtiradi. E’lon 2025-yil 6-martda chop etilgan.

Topshiriq beshinchi avlod tarmoqli grunt issiqlik nasoslari texnologiyasiga hamda O‘zbekistondagi muayyan obyektda 10 000–30 000 ta xonadonni qamrab oladigan kommunal miqyosdagi tarmoqli geotermal tizimni joriy etishga oid. E’londa aytilishicha, Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti eskirgan va ko‘pincha gaz yoki ko‘mirda ishlaydi, gaz zaxiralari esa kamayib bormoqda.

Arizalar 2025-yil 19-martgacha qabul qilindi.