Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) O‘zbekistonda «Feasibility Assessment for Networked Ground Source Heat Pump Systems for Heating & Cooling» (isitish va sovutish uchun tarmoqli grunt issiqlik nasoslari tizimlarining texnik-iqtisodiy bahosi) topshirig‘i bo‘yicha qiziqish bildirish arizalarini qabul qilishni e’lon qildi. 0002014608-son xarid Jahon banki guruhi tomonidan moliyalashtiriladi. E’lon 2025-yil 6-martda chop etilgan.
Topshiriq beshinchi avlod tarmoqli grunt issiqlik nasoslari texnologiyasiga hamda O‘zbekistondagi muayyan obyektda 10 000–30 000 ta xonadonni qamrab oladigan kommunal miqyosdagi tarmoqli geotermal tizimni joriy etishga oid. E’londa Markaziy Osiyodagi, jumladan, O‘zbekistondagi markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti eskirgan va ko‘pincha gaz yoki ko‘mirda ishlaydi, deb ta’riflanadi hamda gaz zaxiralari kamayib borayotgani qayd etiladi.
Qiziqish bildirish arizalarini topshirish muddati 2025-yil 19-mart edi.