«Pravda Vostoka» gazetasida «Yer qa’rining qudrati – kelajak geotermal energiyada» nomli maqola chop etildi. Uning mualliflari — X.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Litosfera tuzilishi laboratoriyasining mudiri, falsafa doktori (PhD) Rasuljon Saxobidinov va shu laboratoriya bosh ilmiy xodimi Irina Sidorova. Bu haqda institut 2025-yil 25-aprelda xabar berdi.

Maqolada O‘zbekistonning geotermal resurslarini o‘rganish, ularning energetik salohiyati, barqaror rivojlanishdagi o‘rni hamda bu yo‘nalishning fan va sanoatdagi istiqbollari yoritilgan. Mualliflar o‘z tadqiqotlari asosida O‘zbekistonning ayrim hududlarida issiqlik oqimi, geotermal suvlar va chuqur qatlamlarning issiqlik salohiyatini baholab, istiqbolli joylarni aniqlagan.