X.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Litosfera tuzilishi laboratoriyasining ilmiy xodimlari «Orol mintaqasining Xorazm maydonida petrotermal issiqlikni qidirishda majmuaviy geofizik tadqiqotlar (gravimetrik, magnit-tellurik)» loyihasi doirasida dala geofizika ishlarini bajarmoqda. Bu haqda institut 2025-yil 20-sentabrda xabar berdi.

Ishlar Xorazm hududida petrotermal issiqlik resurslarini aniqlash, ularning tarqalishini o‘rganish va istiqbolli maydonlarni ajratishga qaratilgan. Guruh gravimetrik va magnitotellurik usullarni birgalikda qo‘llab, chuqur geologik tuzilmalarni tahlil qilish va geotermal salohiyatni baholash niyatida.