Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC) Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha vitse-prezidenti Hela Cheikhrouhou bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik 2024-yil 4-mayda xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda geotermal energiya elektr va tabiiy gaz iste’molini minimal darajaga tushirishi hamda uzoq muddatda energiya iste’molining yangi modeliga o‘tishga yordam berishi mumkinligi qayd etildi. O‘zbekiston tomoni Yangi Toshkentni energiya bilan ta’minlash loyihasini IFCning yetakchi ekspertlari bilan birgalikda o‘rganishni taklif qildi.