Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC) Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha vitse-prezidenti Hela Cheikhrouhou bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik 2024-yil 4-mayda xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda geotermal energiyaning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini minimallashtirish hamda uzoq muddatda energiya iste’molining yangi modeliga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash salohiyati qayd etildi. O‘zbekiston tomoni Yangi Toshkentni energiya bilan ta’minlash loyihasini IFCning yetakchi ekspertlari bilan birgalikda o‘rganishni taklif qildi.