Jurnal soniBepul o‘qish mumkin
Markaziy Osiyoning foydalanilmay yotgan issiqligi: geotermal energetikaning yangi ufqi
Central Asia’s Untapped Heat: A New Geothermal Frontier
Asosiy jihatlar
- O‘zbekistonda umumiy energiya iste’moli 2035-yilga borib deyarli ikki baravar oshishi mumkin.
- Eng tez naf beradigan yo‘nalishlar: markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti, sanoat jarayonlari uchun issiqlik va yil bo‘yi ishlaydigan issiqxonalar.
- Isitish va sovutishga talab yuqori hududlar geotermal sharoiti qulay cho‘kindi havzalarga to‘g‘ri keladi.
- Ko‘p hollarda geotermal issiqlik o‘rtacha chuqurlikda ham o‘zini oqlaydi, ayniqsa issiqlik nasoslari bilan birga.
- Amudaryo va Farg‘ona neft-gazli havzalari mavjud quduqlardan texnik-iqtisodiy asoslash va tajriba-sinov (pilot) loyihalarida foydalanish mumkin bo‘lgan hududlar sifatida tilga olingan.
Kalit so‘zlar
- Markaziy Osiyo
- O‘zbekiston
- markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti
- issiqlik nasoslari
- neft va gaz quduqlari
- geotermal energetika siyosati
Qisqacha mazmun
Xalqaro geotermal assotsiatsiya (IGA) jurnalining 2026-yil yanvar soni Markaziy Osiyoga bag‘ishlangan. Son O‘zbekistonda o‘tgan ilk xalqaro geotermal forum haqidagi material bilan ochiladi. Jurnal fikricha, geotermal energiya ilmiy doiralardagi mavzudan mintaqa siyosatining kun tartibiga ko‘chgan.
IGA vakili Zemfira Djemileva «Why Uzbekistan Can Lead» maqolasida geotermal energiyani energiya iste’moli jadal o‘sayotgan mamlakat uchun tizimli yechim deb biladi. Djemileva xonimning fikricha, eng tez samarani markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti, sanoat issiqligi va issiqxonalar beradi, neft va gaz qidiruvidan qolgan quduqlarni esa qayta ishga solish mumkin.
Dave Waters taqdim etgan texnik tahlilga tayangan «From Maps to Markets» maqolasida jurnal shunday xulosaga keladi: O‘zbekistonda issiqlikka talab yuqori hududlar geotermal sharoiti qulay cho‘kindi havzalarga to‘g‘ri keladi, ko‘p hollarda o‘rtacha chuqurlik va issiqlik nasoslari kifoya qiladi, ishni esa Amudaryo va Farg‘ona havzalaridan boshlash tabiiy. Son yakunidagi sharhda Qozog‘iston, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonning rivojlanish yo‘llari qiyoslanadi.
Iqtibos namunasi
International Geothermal Association (2026). Central Asia’s Untapped Heat: A New Geothermal Frontier. GLOBAL_GT, January 2026. https://worldgeothermal.org/wp-content/uploads/2026/02/Global_GT-January-2026-HD.pdf
Saytimiz yangiliklarida
IGA jurnali: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda geotermal energetika yetakchisiga aylanishi mumkin2026-yil 5-fevral