2026-yil 14–16-sentabr kunlari «O‘zbekgidrogeologiya» davlat muassasasi direktori Sh. Yuldashev tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlikni muhokama qilish maqsadida Syurixda uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda muassasa 16-sentabrda xabar berdi.
Syurixdagi Shveysariya federal texnika universiteti professori Xiang-Zhao Kong bilan uchrashuvda geotermal energiyadan foydalanish va qo‘shma grant loyihalari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Shuningdek, Hydrosolutions GmbH kompaniyasi rahbari Tobias Zickfeld bilan uchrashuvda Toshkent viloyati atrofidagi sayoz qatlamlar energiyasidan foydalanish bo‘yicha loyiha konsepsiyasi muhokama qilindi. Tomonlar konsepsiya asosida grant loyihasini tayyorlab, uni moliyalashtirish uchun Shveysariya taraqqiyot agentligiga taqdim etishga kelishdi.

