«O‘zbekgeofizika» AJ chuqur quduqlardagi yer osti suvlarining geotermal energiyasidan foydalanish bo‘yicha tajriba-sinov (pilot) loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashini tayyorlashga kirishdi. Bu kompaniya uchun yangi yo‘nalish. Kompaniya bu haqda 2025-yil 17-oktabrda xabar berdi.
15-oktabrda kompaniyaning «Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi» filialida O‘zbekistonda salohiyati yuqori bo‘lgan ushbu yo‘nalishdagi imkoniyatlar va oldinda turgan ishlar joyida muhokama qilindi. Muhokamada O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Energiya samaradorligi milliy agentligi, Vengriyaning «Geomax» kompaniyasi, «Teploenergoproyekt», «O‘zbekgidrogeologiya» davlat muassasasi, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti hamda Qo‘qon shahar hokimligi vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar yaqin kelajakda va uzoq istiqbolda bajariladigan ishlar yuzasidan fikr almashdi.
Nega bu muhim
Sentabrda kompaniya Qo‘qondagi 1-son quduqni ushbu ishlar uchun birinchi obyekt sifatida belgilagan edi. Yangi quduq burg‘ulash o‘rniga chuqur quduqdan foydalanish geotermal loyiha xarajatlarining katta qismini tejash imkonini beradi. 2026-yil sentabrda xuddi shu ekspeditsiya butun Farg‘ona vodiysini o‘rganish uchun BRGM va Geologiya fanlari universiteti geologlarini qabul qildi.

