O‘zbekiston diplomatlari Buyuk Britaniyaning Geothermal Engineering kompaniyasida bo‘lib, uning operatsion direktori Toni Uilson bilan muzokara o‘tkazdi.
Britaniya tomoniga O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish, ekologik toza, noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar Geothermal Engineering bilan O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi o‘rtasida geotermal energiya ishlab chiqarish hamda energetika loyihasini amalga oshirish uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha muzokaralar tashkil etishga kelishdi.
Nega bu muhim
Malakali mutaxassislar O‘zbekistonda geotermal energetikani rivojlantirish uchun zarur shartlardan biri. Buyuk Britaniyadagi muzokaralar keyingi xorijiy o‘quv safarlaridan, masalan, 2025-yil noyabrida O‘zbekiston energetika tashkilotlari delegatsiyasining Fransiyaga safaridan oldin bo‘lib o‘tgan.