Turkiya Namangan viloyatida 110 gektarlik geotermal issiqxona qurish niyatida. Spot.uz bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tayanib, 2024-yil 10-iyunda xabar berdi. Nashrning yozishicha, 6-iyunda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida Anqarada 19 ta hujjat imzolangan.

Bundan oldin, 7-iyunda Daryo O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrahim Yumakli bilan uchrashganini xabar qilgan edi. Turk hamkorlar bilan erishilgan kelishuvlar orasida geotermal suvdan foydalanadigan kooperativ issiqxonalarni rivojlantirish ham bor.