Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Prezident farmoni loyihasida Vazirlar Mahkamasi huzurida Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish agentligini tashkil etish taklif qilingan. Bu haqda 2018-yil 12-dekabrda Gazeta.uz xabar berdi. Agentlikning maqsadi «quyosh, shamol va geotermal energiya asosida ishlaydigan texnologiyalarni keng ko‘lamda joriy etish» bo‘ladi.

Agentlik huzurida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi vakillari hamda mustaqil xalqaro ekspertlardan iborat ilmiy-texnik va ekspert kengashi tuzilishi ko‘zda tutilgan. Loyihada, shuningdek, 2020–2030-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish konsepsiyasi va agentlik tarkibida byudjetdan tashqari Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish jamg‘armasi nazarda tutilgan.

Xabarda qabul qilingan farmon emas, balki uning loyihasi haqida so‘z boradi.