2019-yil 25-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Finlyandiyaning Kauko International kompaniyasi anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda UzDaily 27-iyunda xabar berdi.
Memorandum energetika sohasiga investitsiyalar jalb qilish hamda barqaror, ishonchli va arzon elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan. U geotermal energetika yechimini qo‘llash va O‘zbekistonda geotermal energiya manbalaridan foydalanish yo‘llarini birgalikda topishni nazarda tutadi.
Ertasi kuni Spot.uz agentlik matbuot xizmatiga tayanib, taklif asosan fin burg‘ulash uskunalariga oid ekanini yozdi. Xabarga ko‘ra, bu uskunalar o‘rtacha burg‘ulash tezligini ikki-to‘rt baravar oshiradi.