Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov 2023-yil 14-sentabrda «O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni» tadbirining ikkinchi panel sessiyasida so‘zga chiqib, mamlakat infratuzilmasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlariga hali tayyor emasligini aytdi. Bu haqda Spot.uz 15-sentabrda xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil mayda Germaniyaga tashrifi chog‘ida tuzilgan 4 mlrd AQSh dollarlik shartnoma mavjud issiqlik elektr stansiyalariga turbinalar yetkazib berish va yer osti gaz omborini moliyalashtirishni qamrab olgan. Qiymati 2,3 mlrd yevro bo‘lgan yana beshta kelishuv fotoelektr, shamol va geotermal stansiyalar qurish hamda energetika sohasini raqamlashtirishni nazarda tutgan.
Geotermal yo‘nalishdagi hamkorlar nomi aytilmagan.