«Issiqlik ta’minoti» AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Energiya samaradorligi milliy agentligi mutaxassislari kirgan delegatsiya Venada ILF Group tarkibidagi STC Development kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda «Issiqlik ta’minoti» AJ 2025-yil 25-iyunda xabar berdi.
Delegatsiya Venada qurilayotgan, 20 000 kishiga mo‘ljallangan turar joy majmuasi bilan tanishtirildi. Uning energiya samaradorligi 60–70 foiz, aholi esa geotermal energiya va quyosh panellari hisobidan markazlashtirilgan isitish va sovutishdan foydalanadi.
Kompaniya bir kun oldin safarning asosiy maqsadi Prezidentning PQ-100-son qaroriga muvofiq xalqaro kompaniyalar va konsultantlarni jalb etish ekanini ma’lum qilgan edi.
