Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi «O‘zbekgidrogeologiya» davlat muassasasi Buxoro va Navoiy viloyatlarida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarni yanada rivojlantirish maqsadida bo‘r davri yotqiziqlaridagi termal yer osti suvlarini qidirmoqda. Ishlar 2024-yil 14-mayda ro‘yxatga olingan va 2024-yilning II choragidan 2028-yilning II choragigacha rejalashtirilgan.

Qidiruv Buxoro viloyatining Buxoro, Kogon va Qorako‘l hamda Navoiy viloyatining Qiziltepa va Karmana tumanlarini qamrab oluvchi uchta uchastkada olib boriladi: Navoiy (sh.k. 40°02′–40°10′, sh.u. 64°58′–65°24′), Buxoro (sh.k. 39°37′–39°54′, sh.u. 64°15′–64°45′) va Qorako‘l (sh.k. 39°28′–39°36′, sh.u. 63°45′–64°03′).

Ishlarning smeta qiymati 12,16 mlrd so‘m bo‘lib, ular «Kapitalbank» tomonidan moliyalashtiriladi.