Jurnal maqolasi
Qozog‘iston g‘arbidagi Mang‘ishloq havzasining geotermal energiya salohiyati: stratigrafiya va harorat ma’lumotlari asosida dastlabki baho
Geothermal energy potential of the Mangyshlak Basin, western Kazakhstan: A preliminary assessment based on stratigraphy and temperature data
https://doi.org/10.1016/j.geothermics.2023.102655
Asosiy jihatlar
- Ma’lumotlar: neft va gaz quduqlaridagi harorat; chuqurlik–harorat profillari va Mang‘ishloq havzasining ilk mintaqaviy harorat xaritalari.
- Harorati yuqori hududlar: Peschanomis–Rakushechniy, Tuarkir–Qorabo‘g‘oz, Jetibay–Uzen va Tenge–Tasbulat.
- Ko‘rib chiqilgan texnologiyalar: an’anaviy cho‘kindi geotermal tizimlar (SedHeat), takomillashtirilgan geotermal tizimlar (EGS) va boshqa yangi usullar.
Qisqacha mazmun
Qozog‘iston yirik neft ishlab chiqaruvchi davlat. Mualliflarning fikricha, mamlakatning bir qancha cho‘kindi havzalarida harorat yuqori bo‘lgani uchun geotermal energiya quyosh va shamol energiyasi bilan birga uglerodsizlantirish strategiyasiga kirishi mumkin. Ashirgul Kojagulova, Milovan Fustich va hamkasblari Qozog‘iston g‘arbidagi Mang‘ishloq havzasining geotermal salohiyatini dastlabki tarzda baholaydi. Ular neft-gaz sanoati ma’lumotlaridan chuqurlik–harorat profillarini, ulardan esa havzadagi harorat taqsimotining ilk mintaqaviy xaritalarini tuzgan.
Harorat Peschanomis–Rakushechniy, Tuarkir–Qorabo‘g‘oz, Jetibay–Uzen va Tenge–Tasbulat hududlarida yuqori. Chuqurlik–harorat profillarini mintaqaviy stratigrafiya va kollektor xossalari bilan birga ko‘rib, mualliflar an’anaviy cho‘kindi geotermal tizimlar (SedHeat), takomillashtirilgan geotermal tizimlar (EGS) va boshqa yangi texnologiyalar uchun eng yaxshi hududlar va gorizontlarni aniqlaydi. Shu guruhning avvalgi konferensiya ma’ruzasida havzadagi geotermal energiya zaxirasi taxminan 70 000 EJ deb baholangan.
Iqtibos namunasi
Ashirgul Kozhagulova, Antoine Dillinger, Emil Bayramov, Renat Iltukov, John Holbrook and Milovan Fustic (2023). Geothermal energy potential of the Mangyshlak Basin, western Kazakhstan: A preliminary assessment based on stratigraphy and temperature data. Geothermics, vol. 109, 102655. https://doi.org/10.1016/j.geothermics.2023.102655